Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Iyul/2022   Tarix

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning 5 milliondan ortiq aholisi mamlakat bo‘ylab sayohat qildi

TOSHKENT, 19 iyul. /“Dunyo” AA/. Joriy  yilning birinchi yarmida 5 milliondan ortiq mahalliy turistlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligidan olingan maʼlumotga ko‘ra,  vazirlik tomonidan 2022 yilgi sayohatlarga mo‘ljallangan alohida grafik-reja ishlab chiqilgan. Shuningdek, mahalliy sayyohlikni rag‘batlantirish maqsadida respublika bo‘ylab 1 ming 579 ta joylashtirish vositalari, 2 ming 667 ta oilaviy mehmon uylari, 1 ming 604 ta turkompaniya va turagentlar, 125 ta tibbiy sog‘lomlashtirish obyektlari tashkil etilgan.  Bundan tashqari, 2 ming 400 dan oshiq malakali gidlar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda 10 millionga yaqin aholining sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga joriy yil iyun oyida chet eldan qariyb 495 ming nafar sayyoh kelgan.

Mavzuga oid

Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingrad...

Bugun Stalingrad qamalidagi g‘alabaga 80 yil to‘ldi

Buxoro viloyatidagi yettita obida Islom ...

Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘y...

Buxoro Shahristonidan qadimiy noyob devo...

Buxoro tarixiy markazidagi sobiq Shahriston bozori hududidan qadimgi noyob devoriy suratl...

So`nggi yangiliklar