Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   COVID-19

Kecha O‘zbekistonda 216 kishida koronavirus qayd etildi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘tgan bir kecha kunduzda  O‘zbekistonda 216 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 193 ming 424 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p holat mamlakatimiz poytaxtida (77), Toshkent (61), Samarqand  (23)  va  Farg‘ona  (12)  viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan 169 nafar bemor kecha ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.  

Shuningdek, seshanba kuni 7 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani maʼlum qilindi.

Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 1 ming 990  nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

COVID-19: Dam olish kunlari O‘zbekistond...

Kecha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarning soni yana 179 kishiga ortd...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi an...

Bugun, 7 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilg...

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganla...

O‘zbekistonda 2-oktabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar ...

So`nggi yangiliklar