Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Kecha O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar Jizzax va Xorazm viloyatlarida uchrashuv o‘tkazdi


TOSHKENT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar bo‘yicha kampaniya davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, kecha Jizzax viloyatida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

22 sentyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Urganchda saylovchilar bilan uchrashdi.

Bugun, 23 sentyabr kuni Xalq-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaning Jizzax viloyatida, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirovning Sirdaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvlarda nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etmoqda, saylovchilarning savollariga javob bermoqda, saylovlarda hamda mamlakatning kelgusidagi taqdiri hal etilishida ularni faol qatnashishga daʼvat etmoqda.

Mavzuga oid

Yaponiyada yashayotgan yurtdoshlarimiz O...

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 54-saylov uchastkasida ...

Xitoydagi vatandoshlarga O‘zbekiston Pre...

Mamlakatimiz elchixonasida Pekin shahridagi xalqaro maktablarda ta’lim berayotgan vatando...

Portugaliyada yashayotgan vatandoshlari...

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi 24 oktabr kuni davlatimiz rahbarligi uchun bo‘lib o...

So`nggi yangiliklar