01/Dekabr/2022 Hamkorlik
TOKIO 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Tokioda O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi Bosh direktori Shuhrat Vafoyev va Liberal-demokratik partiyasi Vakillar palatasi aʼzosi, Yaponiya-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik ligasi ijroiya qo‘mitasi rahbari Keysuke Suzuki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda ijobiy dinamika qayd etildi.
Keysuke Suzuki bundan keyin ham Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, mintaqaning iqtisodiy farovonligiga ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti Taro Asoning 2023 yilda mamlakatimizga bo‘ladigan tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya parlamentlararo forumining 4-yig‘ilishi, shuningdek, ikki davlatning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillarining qo‘shma biznes anjumanini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.