Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Kentukki ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdi

VASHINGTON, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSH mintaqalari bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda Kentukki shtati ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni izchil rivojlantirish maqsadida “World Affairs Councils of Kentucky and Southern Indiana” tashkiloti aʼzolari uchun brifing tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA vakili.


Diplomatik vakolatxonamizdan maʼlum qilinishicha, tadbir avvalida O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari, iqtisodiy rivojlanishdagi yutuqlar va istiqbollar, shuningdek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, Amerika vakillari mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, mamlakatning raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan inson kapitalini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan ham tanishtirildi.

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqida alohida so‘z yuritgan holda, O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlik geografiyasini kengaytirish, AQSHning yirik shaharlari bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, amerikalik investorlarning ichki bozorda tadbirkorlik faolligini oshirishga eʼtibor qaratildi.

Brifing ishtirokchilari respublika tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik siyosati, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarini sifat jihatidan mustahkamlash borasidagi ishlari bilan ham tanishdi.

Brifing davomida “World Affairs Council of Kentucky and Southern Indiana” direktorlar kengashi raisi Kristina Milner so‘zga chiqib, shtat tadbirkorlari savdo, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohalarida foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun O‘zbekiston tomoni bilan samarali aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, qisqa vaqt ichida mamlakatimizda erishilgan taraqqiyot darajasi xorijiy investorlar uchun o‘z resurslarini iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishi uchun yaxshi ishoradir.

Tadbirlar so‘ngida alohida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, unda brifing ishtirokchilari respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning ayrim jabhalari, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rivojlanish surʼati bilan qiziqdi.

Muhokama yakunida kelgusi hamkorlik bo‘yicha yangi g‘oya va takliflar ishlab chiqish maqsadida shu kabi uchrashuvlarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Mavzuga oid

Malayziya Tashqi savdoni rivojlantirish ...

Kecha O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchisi Ravshan Usmonov Malayziya Tashqi savdoni ri...

Toshkentda Rossiya «Pasport-viza xizmati...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov boshchiligidagi deleg...

ITSVda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentl...

Kecha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) hamda Yaponiya xalqaro...

So`nggi yangiliklar