Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Noyabr/2021   Ekologiya

Keyingi yil Nukusda «yashil» energetika bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda


TOSHKЕNT, 1 noyabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Glazgo (Buyuk Britaniya) shahrida BMTning iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda davlatlar iqlim o‘zgarishlarini to‘xtatish bo‘yicha yangilangan, amaliy rejalarni taqdim etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

BMT axborot portalining qayd etishicha, anjumandan atrof-muhitni eng kam ifloslantirayotgan, biroq eng ko‘p mablag‘ sarflayotgan mamlakatlar eng ko‘p samaradorlikni kutmoqda. Ular orasida muzliklar eriyotgan, o‘simlik va hayvonot dunyosining ayrim turlari yo‘qolib, suv omborlari qurib borayotgan Markaziy Osiyo davlatlari ham bor.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqida joriy yil may oyida BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilganini eslatib o‘tgani ta’kidlangan. 2022 yilda aynan ushbu hududda - Nukus shahrida O‘zbekiston BMT bilan hamkorlikda «yashil» energetika bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro forum o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mamlakat, shuningdek, 2023 yil Atrof-muhit bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini o‘tkazishga ham tayyorligi ma’lum qilingan.

Maqolada O‘zbekiston 2030 yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini 25 foizga yetkazish, ekologik toza transportni rivojlantirishni maqsad qilgan. 2025 yilga qadar umumiy quvvati 2 ming 900 mega-vattga teng bo‘lgan yangi quyosh va shamol elektr stansiyalarini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh bir necha bor barcha mamlakatlarni hozirgi avlod iqlim halokati epimarkazida turganini tan olishga chaqirgan. U Parij shartnomasida mustahkamlangan barcha majburiyatlarni bajarishga chaqirmoqda. Unda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga har yili 100 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish va global isish ta’siriga moslashish uchun choralar ko‘rish vazifalari qayd etilgan.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni “Yashil Saudiya Arabi...

Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Podshohlik "Yashi...

ITSV: Orolbo‘yi mintaqasini barqaror riv...

Kecha videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo v...

SHHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muho...

Kecha Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT)a’zo dav...

So`nggi yangiliklar