03/Avgust/2020 Jamiyat
TOShKENT, 3 avgust. /«Dunyo» AA/. “AllTrip.uz” kompaniyasi «Windrose» aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Ukrainadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun Kiyev – Xarkov – Toshkent – Kiyev yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshiradi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati manbasiga asoslanib.
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun Kiyev – Xarkov – Toshkent charter reysi joriy yilning 5 avgust kuniga belgilangan.
Toshkent – Kiyev yo‘nalishidagi charter parvozi esa 6 avgust kuni amalga oshiriladi.
«Aviachipta narxlari va parvoz bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni +998 78 140-00-00 telefon raqami orqali olish mumkin», deyiladi transport vazirligi manbasida.