Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Avgust/2022   Sport

Ko‘nyo: Chusovitina yetakchiligidagi o‘zbek gimnastikachilari jamoaviy dasturda kumush medalni qo‘lga kiritishdi

 TOSHKENT, 18 avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha V Islom birdamligi o‘yinlarida sport gimnastikasi bo‘yicha ham bellashuvlar boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan maʼlum qilinishicha, unda bahslarga kirishgan ayollarimiz jamoasi shohsupaga ko‘tarildi. Oksana Chusovitina, Dildora Aripova hamda Ominaxon Xalilovadan iborat trio faqatgina mezbonlardan ortda qolib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

 Eslatib o‘tamiz: Ko‘nyoda (Turkiya) o‘tayotgan  V Islom birdamligi o‘yinlarida dunyoning 56 mamlakatidan sport ustalari ishtirok etmoqda. Unda O‘zbekiston ham yirik delegatsiya bilan qatnashmoqda – 265 sportchilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi futbol jamoasi “...

Ertaga, dushanba kuni Toshkentda “Bosh vazir kubogi - 2020” futbol turnirining final bahsi...

Tokio Olimpiadasi belgilangan vaqtda o‘t...

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tokio-2020 Olimpiadasini ko‘chirish yoki bekor qilish ha...

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma ...

Joriy yil 5-7 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro m...

So`nggi yangiliklar