Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Dolzarb

Konstitutsiya – tinchlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va ishonch kalitidir!


RIM, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Italiyada istiqomat qilayotgan vatandoshimiz, gid-tarjimon Yuliya Berber “Dunyo” AA orqali o‘z tabrigini yo‘lladi:

–Biz, butun zamonaviy qonunchilik tizimiga asos solgan Rim qonunini dunyoga bergan Italiyada yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

O‘tgan 29 yil davomida Vatanimiz ushbu muhim qonunlar kodeksi me’yorlariga muvofiq yashab kelmoqda! Bosh qomusimiz konunchilikning butun tarixiy asoslariga bog‘liq barcha muhim va progressiv jihatlarni o‘zida mujassam etgan. Aynan shu sababli Asosiy qonunimiz xalqimiz hayotida tom ma’noda yo‘lchi yulduz va mayoq vazifasini o‘tab  kelmoqda.

Konstitutsiyani bilish – tinchlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va ishonch kalitidir! Zero u bizning dunyomiz va hayotimizning barcha jabhalarini o‘zida aks ettirgan. Shuningdek, Asosiy qonunimiz barqarorligimiz, saylov huquqimiz, erkinligimiz va yana boshqa ko‘pgina haq-huquqlarimizni kafolatlaydi!

Konstitutsiyada bu yil 30 yilligini keng nishonlagan O‘zbekiston davlati tushunchasi kabi juda muhim jihatlar aks etgan! Ushbu muhim sana bilan ham barchangizni samimiy tabriklaymiz!

Konstitutsiyada mamlakatning davlat tili o‘zbek tili ekani ham belgilab qo‘yilgan. Biz ushbu sanani, ya’ni 21 oktabrni  ham yaqinda keng nishonladik.

Respublika Konstitutsiyasining 5-moddasida davlat ramzlari: bayroq, gerb va madhiyaning qonuniy asoslari aks etgan. 18 noyabr kuni O‘zbekiston bayrog‘i kunini nishonladik.

Jonajon O‘zbekistonimizga chin dildan muvaffaqiyatlar va yanada ravnaq tilaymiz! Biz mamlakatimizning bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz! Ozodlik, o‘zaro hurmat va mehmondo‘stlikning go‘zal namunasi bo‘lgan ko‘pmillatli O‘zbekistonga yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid

ShHTga a’zo davlatlarning Milliy muvofiq...

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar milliy muvofiqlashtiruvchilari kengas...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston Prez...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan...

Tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga ...

Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqarti...

So`nggi yangiliklar