Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Avgust/2022   Sport

Konya: O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar V Islom birdamlik o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi

TOSHKENT, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. V Islom birdamlik o‘yinlarida 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi og‘ir atletika musobaqalarida terma jamoamiz aʼzolari navbatdagi oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish va ikki mashq yig‘indisi bo‘yicha oltin medallarni qo‘lga kiritdi, siltab ko‘tarishda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Doston Yoqubov ikki mashq yig‘indisi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Oltin: Adxamjon Ergashev (O‘zbekiston) - 314 (141+173) kg;

Kumush: Doston Yoqubov (O‘zbekiston) - 305 (134+171) kg;

Bronza: Yusuf Gench (Turkiya) - 305 (131+174) kg.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birodarlik o‘yinlarida dunyoning 56 mamlakatidan sportchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqalarda eng yirik delegatsiyalardan biridir. Vatanimiz sharafini 265 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Anvar Ilyosov (“Dunyo” AA) olgan surat

Mavzuga oid

O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq...

«O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi» tayyorla...

Ertaga Toshkentda og‘ir atletika bo‘yich...

Ertaga Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati...

Murodjon Ahmadaliev WBA va IBF yo‘nalish...

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bugun tongda AQShning Mayami shahrida o‘zining navbatdagi ...

So`nggi yangiliklar