Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi rahbari o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun O‘zbekistonda bo‘ldi


SEUL, 5-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Seulda mamlakatimiz elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi va  «Shindong Resources Co., Ltd.»  kompaniyasi rahbari Kim Ëng Gu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv Kim Ëng Guning joriy yil 21 apreldan 28 aprelga qadar kechgan O‘zbekistonga amaliy safarining yakunlari muhokamasiga bag‘ishlandi. Mazkur amaliy safar davomida Navoiy viloyatida umumiy qiymati 80 million AQSH dollari bo‘lgan “Sautbay” konini rivojlantirish investitsiya loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Suhbat avvalida Kim Ëng Gu Toshkentdagi uchrashuvlar juda samarali bo‘lgani xususida to‘xtalar ekan, Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga safarlari tobora ko‘payib borayotganini qayd etdi. Joriy yil 9 maydan boshlab  O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida haftasiga 4 marta amalga oshiriladigan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar bunday safarlarning yana-da ko‘payishiga ham xizmat qiladi.

Kompaniya rahbari «Shindong Resources Co., Ltd.» investitsiya loyihasini amalga oshirishda asosiy hamkor bo‘lgan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar haqidagi maʼlumotlarni ham o‘rtoqlashdi.

Ularning natijasi o‘laroq, taʼsischilarning «Shindong Resources Co., Ltd.» kompaniyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan «Uz-Kor Tungsten» MCHJ qo‘shma korxonasidagi davlat ulushini sotib olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayoni nihoyasiga yetkazildi. O‘zbekiston hukumatining bu boradagi yakuniy qarori may-iyun oylarida qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng «Shindong Resources Co., Ltd.» kompaniyasi  davlat aktivlarini to‘liq sotib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tezda ishlab chiqadi.

Muloqot davomida Kim Ëng Gu Farg‘ona viloyati va Inchon shahri o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar xususida to‘xtalar ekan, Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi insonparvarlik yordami sifatida Farg‘onaga tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalarini yetkazib berish masalasini ishlab chiqqanini aytdi.

Kim Ëng Gu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga sodiqligini qayd etar ekan, o‘zining O‘zbekistonga buyurgan safari natijalaridan katta qoniqish hosil qilganini taʼkidladi. “Kompaniyamix Navoiy viloyatida investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha choralarni ko‘ramiz”, dedi u.  

Mavzuga oid

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Ve...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekiston elchixonasi Malayziya kompa...

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi «ScentPur Industry» kompaniyasi direktori Denni...

ITSV: Germaniya biznesi uchun O‘zbekisto...

Kecha videokonferensiya shaklida Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ko‘magida In...

So`nggi yangiliklar