Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2021   Jamiyat

Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi bosh komissarining O‘zbekistonga amaliy safari yakunlandi


SEUL, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. 16-20 iyun kunlari amaliy safar bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi bosh komissari Kim Chang Yong boshchiligidagi delegatsiya  kecha  tunda Toshkentdan Seulga uchib ketdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri .

Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, uning doirasida ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtasida jamoat xavfsizligi taʼminlash sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, terrorizm, ekstremizm, kiber jinoyatchilik, odam savdosi va narkotrafik, tajriba almashish, kadrlarni tanlash va qayta tayyorlash, shuningdek, muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvlar natijasida idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga oid qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va  Milliy gvardiyasi o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan amaliy hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari safarning so‘nggi kunida  O‘zbekiston ichki ishlar vaziri hamrohligida Samarqand shahriga bordi.  Mehmonlar Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi faoliyati bilan tanishuv davomida O‘zbekistonda, jumladan, Samarqand viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar va chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

Delegatsiya aʼzolari ichki ishlar boshqarmasida bunyod etilgan zamonaviy vaziyat markazi faoliyati, xavfsiz turizm, xavfsiz shahar loyihasi doirasida, shuningdek, “102” tizimining operatsiya imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan ham tanishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida jamoat tartibini saqlash sohasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan amaliy hamkorlik bo‘yicha harakat rejasi ijrosini taʼminlash uchun hamkorlikni  yana-da faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi rahbari va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri boshqarma hududida qad rostlagan  xotira maydonidagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib,  xizmat burchini ado etayotgan vaqtda halok bo‘lgan xodimlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Janubiy Koreya delegatsiyasi Samarqand shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Asrlar davomida o‘z sirlarini ko‘k gumbazlar va sirli koshinlar ostida yashirib kelayotgan tarixiy obidalar mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Maʼlumki, dunyoga mashhur Registon ansambli ajdodlarimizning ijodiy salohiyatini o‘zida aks ettirgan maskanlardan biri hisoblanadi. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari alohida qiziqish uyg‘otdi. Kim Chang Yong Registondagi  har bir tarixiy obidani katta zavq bilan tomosha qilib, bu yerda taqdim etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishdi. Janubiy Koreyalik mehmonlarga madrasa qurilishi va meʼmorchiligi tarixi, bezaklar va yozuvlarning maʼnosi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Amir Temur maqbarasi bilan tanishiv asnosida mehmonlarga buyuk ajdodimizning davlat qurilishi bo‘yicha siyosati, uning umumbashariy isteʼdodi, turli mamlakatlar bilan diplomatiya aloqalari haqida so‘zlab berildi. Sohibqironning hayoti va ijodi, shuningdek, buyuk ajdodomiz tomonidan bunyod etilgan davlat tarixi mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda “Ishga marhamat” monomarka...

kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, mehnat faolligini oshirish, k...

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik ha...

Umumiy maydoni 1 million 447 ming 143 ge...

Qo‘ng‘irot tumani hududida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy mayd...

So`nggi yangiliklar