Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Siyosat

Koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish va maxsus poliklinikalar xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish vazifalari belgilandi


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hujjatga asosan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar («COVID markaz») xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

- vrachlarga – 2,5 million so‘m;

- o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 million so‘m;

- kichik tibbiyot xodimlariga – 1 million so‘m;

- boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.

Bundan tashqari ushbu qarorga muvofiq, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus «1-son Zangiota» va «2-son Zangiota» shifoxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagicha biriktirildi:

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining «Universal» sport majmuasidagi 750 o‘rinli - IIVning markaziy gospitaliga;

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 1 va 2-son pavilonidagi 814 o‘rinli - Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Nazarbek» sog‘lomlashtirish maskanidagi 350 o‘rinli — Milliy gvardiya va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga;

Yoshlik sport majmuasidagi 520 o‘rinli — DXXning markaziy harbiy gospitaliga;

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 3 va 4-son pavilonidagi 1 000 o‘rinli, Sergeli tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi 250 o‘rinli, Olimpiya zaxiralari sport saroyidagi 500 o‘rinli - Toshkent shahar hokimligiga.

Mavzuga oid

Murojaatnoma dolzarb masalalar va ularni...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi H...

Shavkat Mirziyoyev: raqamlar emas, natij...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parl...

Klinikalarni loyihalashtirishda xorijiy ...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “NANO Medical Clinic” ko‘p tarmoqli shifox...

So`nggi yangiliklar