Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Noyabr/2022   Hamkorlik

Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi

KUALA-LUMPUR, 4 noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha  O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida “Language Talent Solutions” rekruting kompaniyasi direktori Jinder Kaur Sidxu bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muzokaralar davomida O‘zbekiston fuqarolarini Malayziyada ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Jinder Sidxu xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha saʼy-harakatlarni yuqori baholab, mazkur kompaniya Vyetnam, Janubiy Koreya, Indoneziya, Tailand va Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan 500 nafarga yaqin fuqarolarni mahalliy korxonalarda mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilganini taʼkidladi. Kompaniya O‘zbekiston bilan ham ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Uchrashuvda Malayziyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ish bilan taʼminlash, ularga ishlash ruxsatnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha birgalikda loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joiz, 2018 yil tashkil etilgan “Language Talent Solutions” xususiy kompaniyasi xorijiy mehnat muhojirlarini ushbu mamlakatda xizmat ko‘rsatish, savdo, moliya, axborot texnologiyalari va tarjimonlik sohalari hamda CALL-markazlarga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Kvanju va Pyontek sha...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘l...

Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston bizn...

Kecha Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Polshada ilk bor vatondoshlar tomonidan ...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan joriy yil 17 oktyabr kuni Praga-Poludnya ...

So`nggi yangiliklar