Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Sentabr/2021   Ta'lim

Kuala-Lumpurda Malayziya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi


KUALA-LUMPUR, 22-sentyabr. /Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov kecha Malayya universiteti rektori, Malayziya davlat universitetlari rektorlar qo‘mitasi raisi Mohd Hamdi bin Abd Shukor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«QS World University Rankings»ga ko‘ra, Malayya universiteti dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti qatori (59-o‘rin)ga va «QS Asia University Rankings» tizimi bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi 10 ta universiteti safi (9-o‘rin)ga kiritilgan. Universitetda  taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlash bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Uchrashuvda universitet rektoriga O‘zbekistonda taʼlim, fan, innovatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Muzokaralar davomida qo‘shma taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish istiqbollari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, “franchayzing” modeli, ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish va qo‘shma fakultetlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Malayziya universitetlari, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda mamlakatimizning yetakchi universitetlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yana-da faollashtirish va kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Davlat boshqaruvi akademiyasida NNT rahb...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida nodavlat notijorat...

Jahon banki Toshkent shahridagi 20-umumt...

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi i...

Xitoy elchixonasi Toshkent davlat sharq...

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) rahbariyati va Xitoy elchisi Szyan Yan...

So`nggi yangiliklar