Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Aprel/2021   Sport

Kun xabari: Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi


TOSHKЕNT, 21 aprel. /«Dunyo» AA/. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bayonnomasiga binoan, Litva mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan qit’a terma jamoalari nomi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, OFK Kuvaytda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatini koronavirus pandimiyasi sababli bekor qilgandi.

Musobaqa reglamentiga asosan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak edi. Shu sababli mazkur kvotalar OFK Ijroiya qo‘mitasi belgilagan mezonga ko‘ra taqsimlandi.

Mazkur jamoalar nomini aniqlashda ularning so‘nggi Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki natijalari hisobga olindi. Ularga ko‘ra, futzal bo‘yicha O‘zbekiston, Yaponiya va Eron milliy terma jamoalari Jahon chempionati-2021 bahslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Iroq, Livan, Tailand va Vetnam vakillari mundialga beriladigan yana 2 ta yo‘llanma uchun pley-off turnirida o‘zaro bahslashadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid

Lyudmila Karachik: Futbol bo‘yicha Ayoll...

FIFA.com saytida nemis tilida Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi, To...

O‘zbekiston elchixonasi Daniyadagi vatan...

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi Oruxs (Daniya) shahridagi «O‘zbek tashabbuslari» ...

Ravshan Ermatov ishtirok etgan videokonf...

Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato Vinsdor Jon ishtirokida qitʼamizdagi futbol...

So`nggi yangiliklar