Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Sentabr/2022   Sport

Kurash Dominakanda Universitet o‘yinlari dasturiga kiritildi

TOSHKENT, 27 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yildan boshlab Dominikanda o‘zbek kurashi ushbu mamlakat Universitet o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Dominikan Sport va dam olish vazirligi, Taʼlim vazirligi, Milliy Olimpiya harakati tomonidan tashkil etib kelinadigan mazkur o‘yinlarda oliy bilim yurtlari talabalari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha kuch sinashadi.

Kecha Santo Domingo shahrining Xuan Pablo Duarte nomidagi Olimpiya markazida Universitet o‘yinlarining kurash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Turnirning ochilish marosimida Universiada tashkiliy qo‘mitasi, Sport va dam olish vazirligi raxbariyati hamda Panamerika Kurash ittifoqi rasmiylari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.

Universitet o‘yinlarining kurash bahslarida Santo-Damingo avtonom universiteti, Santyago texnologik universiteti, Janubiy texnologiya universiteti va boshqa qator oliy taʼlim maskanlaridan 100 ga yaqin polvon g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, 2018 yil Dominikan hukumati tomonidan 23 fevral Kurash kuni sifatida rasman eʼlon qilingan. Shu kuni mamlakatning barcha shtatlarida kurash tadbirlari, seminarlar va musobaqalar o‘tkazib kelinadi.

Dominikan Amerika qitʼasida kurash markaziga aylanib ulgurgan. Mamlakat hukumati va Kurash federatsiyasi kurashni ommalashtirish maqsadida tizimli ishlar olib bormoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston jamoasi 2020 yilgi Xalqaro a...

32 ta davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etgan VI-Xalqaro armiya o‘yinlari (ARMI-2020) y...

Varshavada shaxmat bo‘yicha jahon chempi...

Kecha Varshavaning «Narodowy» stadionida 25-30 dekabr kunlari uyushtirilgan shaxmatning ra...

Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turn...

Estoniyada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha «Miss Valentine» Gran-pri musobaqasida O...

So`nggi yangiliklar