Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Media

Kuvayt matbuotida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari tahlil etildi


AL-KUVAYT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning holati va istiqbollari» sarlavhali maqola Quvaytning “Al-Shaahid” gazetasida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun mavjud salohiyatga alohida eʼtibor qaratilgan.

«Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy savdo yo‘llari shimoliy yo‘nalishda rivojlangan. Biroq tashqi savdoni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishda janubiy yo‘nalish ham istiqbollidir. Bu orqali Janubiy Osiyo  mamlakatlari, jumladan, Afg‘oniston, Bangladesh, Butan, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka bilan aloqalarni mustahkamlashga erishiladi», deb taʼkidlaydi nashr.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: Ipak yo‘li markazi...

Turkiyaning «Damga» gazetasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga bag‘ishlangan «Marka...

«Berlin Economics» tadqiqot guruhi: Xalq...

Germaniyaning nufuzli «Berlin Economics» iqtisodiy tahlil guruhi veb-sahifasida O‘zbekisto...

Nepal matbuoti O‘zbekistonda sud-huquq t...

Nepal yetakchi nashrlardan biri «Karobar Economic Daily» gazetasi saytida “Taraqqiyot stra...

So`nggi yangiliklar