21/Mart/2022 Sanalar
AL-KUVAYT, 21-mart. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Bayram tantanalarida Kuvaytda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston fuqarolari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, akademik doiralar, xorijiy diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Bahromjon A’loyev ochib, ishtirokchilarni Navro‘z bayramining kirib-kelishi bilan samimiy qutladi. Elchi o‘z nutqida Navro‘z tarixi, uni mamlakatimizda nishonlanishi, respublikamizda madaniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Bayram ishtirokchilariga elchixona xodimlari farzandlari va o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur taqdim etildi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan tayyorlangan bahoriy milliy taomlar ulashildi.