Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Latviya universitetining Farg‘ona filiali viloyatda «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 10 nafar farzandiga bepul ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi


RIGA, 13 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov Axborot tizimlarini boshqarish oliy maktabi (Informācijas sistēmu menedžmenta augstskola – ISMA) prezidenti Roman Dyakon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muzokaralarda O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturida belgilangan  mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga oid vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Roman Dyakon O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ijobiy baholab, ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikning yuqori salohiyatini qayd etdi. Ta’limga yo‘naltirilgan sarmoyalar bir necha baravar ko‘p marta o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbarining parlamentga Murojaatnomasida O‘zbekistonning joriy yilgi ustuvor taraqqiyot yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, ISMAning Farg‘ona filialida viloyatda «temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 10 nafar farzandiga bepul ta’lim olishi uchun kvota ajratishga tayyorligini bildirdi.

ISMA 1994 yilda Riga aviatsiya universiteti negizida tashkil etilgan. U Shveysariyaning IB (International Baccalaureate) tizimi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan. Ta’lim muassasasida axborot texnologiyalari va iqtisodiyot, ko‘chmas mulkni boshqarish, turizm, mehmonxona va restoran biznesi, boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar o‘qitiladi.

Universitet Latviyaning xorijda filial ochgan birinchi universiteti hisoblanadi. Mazkur filial Farg‘onada joylashgan.

Mavzuga oid

Amerikalik mutaxassislar suv omborlari x...

AQShning gidrotexnika inshootlari xavfsiz faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassisla...

O‘zbekiston va Hindiston «aqliy markazla...

O‘zbekiston va Hindiston tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari o‘rtasida aloqalarning jo...

Afg‘onistondagi «O‘zbek tili do‘stlari»...

O‘zbekiston Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yil...

So`nggi yangiliklar