Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Yanvar/2022   Dolzarb

Latviyadan munosabat: «Hindiston-Markaziy Osiyo» sammiti natijalari ushbu formatdagi o‘zaro hamkorlikning yuksak ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir

 RIGA, 28 yanvar. /“Dunyo” AA/. Latviya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linda “Dunyo” AA uchun  intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha bo‘lib o‘tgan  «Hindiston-Markaziy Osiyo» birinchi onlayn  sammitidaga nutqini Latviya ekspert doiralari vakillari katta eʼtibor bilan kuzatganini aytdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ekspertning qayd etishicha,  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bunday tadbirlardagi har bir nutqida mintaqaviy va mintaqalararo miqyosdagi juda muhim va dolzarb tashabbuslarni o‘rtaga tashlaydi.

«Cheklangan bozor va iqtisodiy makon, jumladan, pandemiya bilan bog‘liq sharoitda O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi jarayonlarini chuqurlashtirish, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yish, ikki mintaqaning tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda transport aloqalari va infratuzilmasini samarali rivojlantirishni taʼminlash bo‘yicha muhim vazifani o‘z zimmasiga oldi», dedi latviyalik ekspert.

Nina Linda transport logistikasi sohasidagi taklifning dolzarbligini qayd etar ekan, «O‘zbekistonning ushbu sammit doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtiruvchi transport va logistika infratuzilmasini qurishning ustuvor masalalarini jadal targ‘ib qilishining ahamiyatini yuqori baholash kerak, dedi.

Latviyalik ekspertning taʼkidlashicha, bunday muloqotning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy faollik va ishbilarmonlik harakatchanligini oshirishga ko‘maklashadi, balki odamlar o‘rtasida bevosita yaqin aloqalarni tiklash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish uchun ham mustahkam poydevor yaratadi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari yig‘ilish ishtir...

O‘zbekiston TIV vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH TIV Keng...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ...

Joriy yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim tashkilotl...

Yangi O‘zbekistonda yangi so‘z erkinligi...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar a...

So`nggi yangiliklar