Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Latviyadan munosabat: Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekistonning demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida yana-da rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

RIGA, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Latviyaning “LETA” axborot agentligining xalqaro yangiliklar muharriri Alvis Eglitis O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligi bilan o‘rtoqlashdi:


- O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangilanishi mamlakatda so‘nggi yillar davomida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar jarayonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Konstitutsiyani yangilashda hujjat muqaddimasida qayd etilganidek, xalqaro huquqning tamoyillari asos qilib olingani ayniqsa muhim jihatdir.

Inson huquqlari va erkinliklari bo‘limi sezilarli darajada kengaytirilgan. Unda mazkur huquq va erkinliklar batafsilroq bayon etilgan. Fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ko‘plab ijtimoiy huquqlari taʼminlanishi ham muhim jihatdir. Ayniqsa, davlat ommaviy axborot vositalarining erkinligini - ularning maʼlumot to‘plash, olish va tarqatish huquqini kafolatlaydigan meʼyorni taʼkidlashni istar edim.

Shu tariqa, taklif etilayotgan Asosiy qonun loyihasining 1-moddasida qayd qilinganidek, yangilangan Konstitutsiya O‘zbekistonning demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida yana-da ravnaq topishi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

Mavzuga oid

Misrdagi vatandoshlar O‘zbekiston Konsti...

Kecha mamlakatimizning Qohira shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 26-referendu...

Polshadan munosabat: Xalqimiz manfaatini...

Polshadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z mu...

SHHT Kotibiyatida O‘zbekistondagi konsti...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatida mamlakatimizda...

So`nggi yangiliklar