Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Sentabr/2021   Sport

Lillexammer-1994 qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni Lina Cheryazova sharafiga yodgorlik o‘rnatildi


 TOSHKENT, 10 sentyabr. /“Dunyo” AA»/. Lillexammer-1994 qishki Olimpiada o‘yinlari chempioni Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, unga yodgorlik o‘rnatildi, deb xabar bermorqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vatanimiz sporti tarixida afsonaviy Lina Cheryazovaning o‘rni beqiyos. Mustaqil O‘zbekistonning ilk Olimpiada chempioni 2019 yil 23 mart kuni og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan edi. O‘zbekiston Prezidentining faxriy sportchilarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish bo‘yicha bergan topshirig‘iga binoan, L.Cheryazova dafn etilgan qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 Fristayl bo‘yicha Lillexammer-1994 qishki Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni dafn qilingan Rossiyaning Novosibirsk shahri, “Kleshchinskiy” qabristonida unga yodgorlik o‘rnatildi. Mazkur tadbirda MOQ, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari qatnashdi.

Yodgorlikka L.Cheryazovaning tug‘ilgan kuni va o‘limi qayd etilgan sanadan tashqari «Fristayl bo‘yicha O‘zbekistonning Olimpiada va jahon chempioni» degan taʼrif ham bitilgan.

Fristaylning akrobatika yo‘nalishidagi mohir sportchimiz sharafiga qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston davlati madhiyasi ilk bor yangragan. Shuningdek, u 1993 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun «Mehnat shuhrati» ordeni, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

 «O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Lina Anatolyevna Cheryazovaning xotirasini abadiylashtirish yo‘lida yordam bergan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi», - deyiladi MOQ manbasida.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari “Turkish Open” mus...

Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo‘yicha “Turkish Open-2020” xalqaro musobaqasi st...

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiat...

O‘zbekiston Prezidentining «Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-...

Oksana Chusovitina – Mustaqil O‘zbekisto...

Oksana Chusovitina – Mustaqil O‘zbekistonning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi sportchisi....

So`nggi yangiliklar