Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Iyul/2021   Eksport

Londonda o‘zbek mahsulotlarining G‘arbiy Afrika bozorlariga yetkazib berilishi masalalari muhokama etildi


LONDON, 13 iyul. /«Dunyo»/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning «Colobus Consulting Ltd» kompaniyasi direktori  Kristofer Tiafonius bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gana ishbilarmon doiralari hamda Namangan viloyati hokimligi vakillari ham ishtirok etgan mazkur muloqotda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan turli jabhalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kompaniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini o‘rnatish, jumladan, O‘zbekistondan avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha joriy yilning kuzida Gana va Buyuk Britaniya tadbirkorlarining O‘zbekistonga savdo missiyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

«Colobus Consulting Ltd» kompaniyasi 2018 yili tashkil topgan. U sarmoyalar kiritishga hamda Osiyo va Afrika mamlakatlarining, jumladan, Gananing rivojlanayotgan bozorlaridagi aktivlarini boshqarishga ixtisoslashgan. Gana Afrika mintaqasining eng izchil rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yetishtirilgnan yeryong‘oq...

«Global Export» kompaniyasi mamlakatimizning Londondagi elchixonasi hamda Investitsiya va ...

O‘zbekiston mahsulotlari Janubiy Koreyad...

O‘zbekiston mahsulotlari Janubiy Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmada taqdim etildi

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaga qovun, t...

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simlik...

So`nggi yangiliklar