Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Sentabr/2020   Sport

Los-Anjeles-2028 — yozgi Olimpiya o‘yinlarining ramzi eʼlon qilindi


TOSHKENT, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/.  Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazish bo‘yicha aniq sanalar nomaʼlum qolayotgan ayni kunlarda 2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining Tashkiliy qo‘mitasi bo‘lajak musobaqaning rasmiy ramzlarini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Mezbonlarning fikricha, tomoshabinlar mazkur ramz orqali shaharning ko‘pqirrali kuchini ko‘rib olishi mumkin.

Raqamli davr uchun tayyorlangan animatsion ramz vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, o‘zining cheksiz imkoniyatlarini aks ettiradigan shahar ruhini ifodalaydi.

«Los-Anjeles o‘ziga xoslikni talab qiladi. Uni bir so‘z bilan ifoda qilishning imkoni yo‘q. Shahardagi har bir tuman, mavze va aholi o‘ziga xos ahamiyatga ega. LA-2028 o‘yinlari bizning jamoaviy ijodkorligimizni, birgalikdagi kuchimizni ifoda qiladi”, – dedi Tashkiliy qo‘mita rahbari Keysi Vasserman.

LA-28 ramzida L harfi jasoratni, 2- va 8- raqamlari esa “A” harfining dinamikasi o‘zgarib turadigan voqealar qatorini ifodalaydi.

LA-2028 ramzi qandaydir diqqatga sazovor joy emas, balki ijodkorlik, o‘z qirralarini namoyish qilish imkonini beruvchi platformadir.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qiladi.

Mavzuga oid

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun k...

Rossiya Federatsiyasining Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan olib borilgan on...

U19 Osiyo chempionati o‘z vaqtida o‘tadi...

Kuni kecha OFK COVID-19 pandemiyasi sababli to‘xtatilgan qit’a miqyosidagi ba’zi musobaqal...

U-16 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash ...

Joriy yilning kuz faslida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati uchun qur’a ta...

So`nggi yangiliklar