18/May/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Malayziya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kamarudin Jaffar bugun tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida muzokaralar, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida uchrashuv o‘tkazish, shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Kuala-Lumpurda O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi davrasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.