Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   Sayyohlik

Malayziya yuqori darajadagi o‘zbek restoranlari va boshqa ovqatlanish shoxobchalari ochishni rejalashtirmoqda

KUALA-LUMPUR, 3-fevral. /«Dunyo AA/. O‘zbekiston elchixonasida «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozasi» mavzusiga bag‘ishlangan sayyohlik va sarmoyaviy salohiyat taqdimoti hamda ikki mamlakat sayyohlik industriyasi, mehmonxona biznesi vakillari va restavratorlari o‘rtasida V2V uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kuala-Lumpurda o‘zbek oshxonasining yuqori darajadagi restoranlari va tezkor ovqatlanish shoxobchalarini ochish va Janubiy – Sharqiy Osiyo bo‘ylab tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Samarqanddagi “Shashlik.uz” restoranlar tarmog‘i va Malayziyaning «SEA Business Centre PTE Ltd.» korxonasi o‘rtasida Samarqand shahrida gastronomik turizm salohiyatini Malayziyada ommalashtirish va hamkorlikda restoran faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tegishli Hamkorlik memorandumi imzolandi. Loyiha Kuala-Lumpurning eng gavjum hududlari va poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun diqqatga sazovor joylarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Taqdimotda Malayziya tomonidan turizm, sanʼat va madaniyat vazirining o‘rinbosari Xayrul Firdavs, Malayziya sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlari assotsiatsiyasi (MATTA) vitse-prezidenti Sintiya Tan Bi Sim va Malayziya musulmon turoperatorlari vakili “Bumitra” Kamarun Zaman, «Alfa Group» kompaniyasi direktori, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Malayziyadagi rasmiy hamkori Daliya Alkatari, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari va ishbilarmon doiralarning 50 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning sayyohlik mahsulotlari va yo‘nalishlari, shuningdek, «Silk Road Samarkand»  xalqaro sayyohlik markazi va yangi Samarqand xalqaro aeroportining imkoniyatlari taqdim etildi.

Uchrashuv  yakunlari bo‘yicha Samarqand viloyati va Malayziyaning sayyohlik kompaniyalari tomonidan «ziyorat turizmi», «madaniy turizm», “etnoturizm”, “umra+”, «biznes turizm» kabi turpaketlarni rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, Samarqand viloyati turoperatorlarining «MATTA Fair»  sayyohlik yarmarkalarida hamda, Malayziya tomoni vakillarining har yili o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Kuala-Lumpur shahri ko‘cha va maydonlarida Samarqand viloyatidagi ziyorat turizmi salohiyati targ‘ib qilinadi. Shuningdek, Malayziya sayyohlik kompaniyalari uchun O‘zbekistonga info-turlarni tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Parijda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati...

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlang...

Hindistonliklar bilan xalqaro festivalla...

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari Hindistonda bo...

Mashhur “France 5” telekanalida O‘zbekis...

Fransiyaning “France 5” telekanalida O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuv efirga uzatildi va u ...

So`nggi yangiliklar