Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Iqtisodiyot

Malayziyada O‘zbekiston mahsulotlari shou-rumini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi


KUALA-LUMPUR, 13- may. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Malayziyaning «Alpha Indera» kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo AA» muxbiri.
Tadbirda O‘zbekiston mahsulotlarining Malayziya bozoriga eksportini yanada ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
1990 yilda tashkil etilgan «Alpha Indera» kompaniyasining bosh qarorgohi Perlis shtatida joylashgan. Kompaniya sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini, shuningdek, eksport-import operatsiyalarini moliyalashtiradi. «Alpha Indera» Malayziyaga import qilinayotgan mahsulotlarni samarali sotish bo‘yicha «Lazada» va «Shopee» yirik elektron savdo platformalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan.
Kompaniya rahbariyatining 2020-yil 18-30- noyabr kunlari O‘zbekistonga amaliy safari chog‘ida «MS Alpha» MChJ ta’sis etilib, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim amaliy qadam qo‘yilgan edi.
Tadbir yakunida Malayziyada O‘zbekistonning eksportbop mahsulotlari shou-rumini ochish va «Tradeuz.com» elektron savdo maydonchasini Janubi-Sharqiy Osiyodagi yirik onlayn platformalar bilan integratsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

To‘rtko‘l shisha idishlari eksportyoriga...

Bugungi kunda korxonada 15 turdagi shisha idishlari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu mahsulotla...

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya k...

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Oybek Norinbayev Turkiyaning «G...

O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilish...

Farmon bilan O‘zbekistonda bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi...

So`nggi yangiliklar