Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Fevral/2023   Madaniyat

Malayziyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba: Buyuk ajdodlarimiz targ‘ib qilgan insoniy fazilatlar biz uchun hamisha yuksak ahamiyatga ega bo‘lib qoladi

KUALA-LUMPUR, 7-fevar. /“Dunyo” AA/. Malayziyaning Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti talabasi Savlatjon Melikov “Dunyo” AA uchun intervyusida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan fikrlarini bildirdi.


 - Bu yil yurtimiz tarixidagi buyuk siymolar Alisher Navoiy tug‘ilgan kunning 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yillig ini keng nishonlamoqdamiz.

Anʼanaga ko‘ra, fevral oyi mazkur buyuk shoir va davlat arboblari merosiga yana bir nazar tashlashimizga yaxshi fursat taqdim etadi.

Alisher Navoiy va Boburning bebaho ijodiy va maʼnaviy merosi nafaqat xalqimiz tarixida, balki jahon madaniyatida ham alohida o‘rin tutadi.

Buyuk ajdodlarimiz targ‘ib qilgan insoniy fazilatlar, jumladan, olijanoblik, insonparvarlik, mehr-sahovat, ezgulik, xalqlar do‘stligi g‘oyalarining ahamiyati biz, yoshlar uchun hamisha yuksak ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.

Mavzuga oid

Tokioda yaponiyalik fotosuratchining O‘z...

Tokioning Suginami tumanidagi ommaviy sport majmuasida yaponiyalik professional fotosuratc...

Bokuda ozarbayjon olimining Alisher Navo...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi hamda Xalqaro turkiy madaniyat va meros jamg‘ar...

Ispaniya nashrida Xalqaro hunarmandchili...

Ispaniyaning ixtisoslashgan «OficioyArte» jurnalida Ispaniya hunarmandlari tashkiloti dele...

So`nggi yangiliklar