Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Malayziyadagi vatandoshimiz: Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni yana-da rivojlantirish uchun asos bo‘ladi

KUALA-LUMPUR, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani munosabati bilan Malayziyaning Utara universiteti matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi Habibulla Ahadqulov “Dunyo” axborot agentligiga o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


–  Men ko‘p yillardan buyon Malayziyada istiqomat qilib, ilm-fan sohasida o‘z mehnat faoliyatimni amalga oshirib kelayotgan bo‘lsamda, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan taʼlim sohasida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan yaxshi xabardorman.

O‘zbekistonda amalga oshiralayotgan ijobiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayman. Shu kunlarda xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarimizning eʼtibori “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilganiga qaratilgan.

“Xalq so‘zi” gazetasi veb-saytida umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan yaqindan tanishib chiqdim.

Xususan, mazkur qonun loyihasining 41-moddasiga (Har kim taʼlim olish huquqiga ega) “Har kim davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy maʼlumot olishga haqli” mazmundagi qo‘shimchani kiritish taklifi o‘zbekistonlik yoshlarimizning munosib hayot kechirishi uchun xizmat qiladi, degan umiddaman.

Shu bilan birga, yangi Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar umumxalq referendumida tasdiqlanib, qabul qilinsa bu, albatta, mamlakatimizni yana-da rivojlantirish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblayman.

Mavzuga oid

Singapurlik vatandosh: Konstitutsiyaviy ...

O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga Singapurda faoliyat yuritayotgan va...

Isroildagi vatandosh: Mehr-oqibatli yurt...

Xorijdagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha...

Xitoydagi vatandoshlar: O‘zbekiston tara...

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi tomonidan Xitoyda tahsil olayotgan va mehnat ...

So`nggi yangiliklar