Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Dolzarb

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni asrash va bioxilma-xillik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda


KUALA-LUMPUR, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Malayziyadagi «Research For Social Advancement» (REFSA) tahlil markazining ijrochi direktori Tan E Xun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

- O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish va bioxilma-xillik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

Keyingi yillar davomida O‘zbekistonda ekologiya muammolari hal qilinishi, xususan, Orol dengizi qurib borayotganining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha katta eʼtiborga sazovor chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Bugungi kunda jahonda Orol inqirozi bilan bog‘liq salbiy o‘zgarishlarni, ushbu ekologik fojea nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun, balki butun dunyo miqyosidagi barqaror rivojlanishga jiddiy xavf solayotganini idrok etish darajasi ortib bormoqda. Joriy yil may oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shu nuqtai nazardan BMT shafeʼligida global ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2023 yil O‘zbekistonda Atrof-muhit bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini o‘tkazish taklifi juda dolzarb ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir ishtirokchilari tomonidan Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyat bilan bevosita tanishish, ekologik inqirozni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va zarur xulosa chiqarish uchun qulay imkoniyatni yaratadi.

Ishonchim komilki, O‘zbekistonning ushbu tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Mavzuga oid

“Hazorasp” EIZda 800 ga yaqin ish oʻrni ...

Mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ichki bozorni oʻzimizda ishlab chiqaril...

Janubiy Koreyadan munosabat: Biz O‘zbeki...

«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» hamkorlik bo‘yicha forumi Kotibiyatining ijrochi direkto...

Oʼzbekiston fuqarolarini vatanga evakuat...

Hamyurtlarimizni vatanga qaytarish bo`yicha topshiriq asosida tashkil etilayotgan reyslar ...

So`nggi yangiliklar