Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Tahlil

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston milliy va mintaqaviy darajada transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda


KUALA-LUMPUR, 5-mart. /“Dunyo”AA/. Malayya universiteti Xalqaro va strategik tadqiqotlar kafedrasi mudiri Roy Entoni Rojers “Dunyo” AAga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) davlat rahbarlarining 14-sammitidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning asosiy jihatlariga to‘xtaldi.

- So‘nggi yillarda O‘zbekiston mintaqaviy va xalqaro platformalar doirasida faol ish olib bormoqda, shu jumladan, global kun tartibidagi barcha dolzarb masalalar bo‘yicha turli tashabbuslarni ilgari surmoqda, - dedi ekspert. - O‘zbekiston Prezidentining IHTga aʼzo davlat rahbarlari sammitidagi nutqi ham bundan  mustasno emas, albatta. Xususan, respublika rahbariyati savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, iqlim o‘zgarishining global oqibatlariga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirishga strategik ahamiyat berib, milliy va mintaqaviy darajalarda transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, shuningdek, uni xalqaro transport tizimiga qo‘shish bo‘yicha izchil ish olib bormoqda.

Xususan, joriy yil Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishi alohida eʼtiborga loyiqdir. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar kabi keng ko‘lamli masalalar muhokamasi rejalashtirilgan ushbu forum, shubhasiz, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi bog‘lovchi sifatida Markaziy Osiyo mavqeini yuksaltirishga hissa qo‘shadi.

Shu nuqtai nazardan, men O‘zbekiston uchun IHT makonida transport-kommunikatsiya tarmoqlarini yana-da rivojlantirish va kengaytirish masalalarini ilgari surish o‘ta muhim, deb hisoblayman.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekisto...

Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan mintaqalararo transpor...

YEXHT DIIHB missiyasi: saylovlar hukumat...

2019 yil 23 dekabr YEXHT rasmiy veb-sahifasida YEXHT DIIHB missiyasining joriy yilning 25 ...

MDHni rivojlantirish konsepsiyasi: hamko...

Xalqaro va mintaqaviy miqyosda sodir bo‘layotgan geosiyosiy jarayonlarda davlatlararo muno...

So`nggi yangiliklar