Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Aprel/2021   Eksport

Malayziyaga O‘zbekistondan quritilgan mevalarning navbatdagi jo‘natmasi yetkazildi


KUALA-LUMPUR, 21 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi ko‘magida Malayziyaga bodom, yong‘oq, mayiz, o‘rik, shuningdek, anjir murabbosi va asal yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mahsulotlar mamlakatimizning «Golden Prime Food» kompaniyasi  tomonidan Malayziyaning «Deli Fruits Trading» savdo kompaniyasiga taqdim etildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgani sababli yuklar Kuala-Lumpur shahriga Turkiya orqali yetkazildi.

«Deli Fruits Trading» kompaniyasi menejeri Nazatul Shimaning ta’kidlashicha, o‘zbek mahsulotlarining yangi jo‘natmasini sotish Kuala-Lumpur shahri va Johor shtati savdo tarmoqlari orqali  amalga oshiriladi. “Biz may oyida o‘zbek meva-sabzavotlarining navbatdagi partiyasini kutayapmiz”, dedi u. Malayziyalik tadbirkor, shuningdek, O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlar sifati malayziyalik xaridorlar talabiga to‘la javob berayotganini qayd etdi.

Mamlakatimiz elchixonasi Malayziya bozorida O‘zbekiston mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston 2021 yilning 1-choragi davom...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 1-chor...

O‘zbekiston yanvar oyida qancha to‘qimac...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021 yilning yanvar oyida qariyb 50 g...

O‘zbekiston to‘rt oyda qancha meva va sa...

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida qiymati ...

So`nggi yangiliklar