Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Mart/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Malayziyaning Saravak shtati va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilinmoqda

KUALA-LUMPUR, 9-mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Malayziyaning Saravak shtati gubernatori va Bosh vaziri bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Muzokaralar chog‘ida Saravak shtati bilan O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada, shuningdek, investitsiya, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saravak Bosh vaziri Datuk Patinggi Tan Sri Abang Zoxari Tun Openg O‘zbekiston tomoni bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va iqtisodiyot hamda turizm sanoati sektorini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu boradagi dastlabki amaliy qadam sifatida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘l qo‘yish mumkinligi qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus shahri) va Malayziya  shtati (Kuching shahri) o‘rtasidagi mavjud mustahkam do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat mintaqalariaro yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi Ravshan Usmonov Saravak shtati gubernatori Tun Pexin Sri Abdul Taib Mahmud  bilan  uchrashuv chog‘ida ham o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik sohalarida hamkorlik ko‘lamlarini yanada kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Yuqoridagilardan tashqari, mazkur shtatning turizm, ijodiy sanoat va ijro san’ati vaziri Datuk Sri Abdul Karim Raxman Xamza bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, jumladan, eko sayohat, gastronomik, ekstremal, tog‘ va «ziyorat turizmi» bilan dunyoda munosib nomni qozonayotgani e’tirof etildi.

Pandemiyadan keyingi davrda O‘zbekiston va Saravak shtatiningning sayyohlik yo‘nalishlarini o‘zaro targ‘ib qilish istiqbollarini o‘rganish, respublikaning sayyohlik salohiyati bilan tanishish maqsadida ushbu mintaqaning yetakchi kompaniyalari uchun O‘zbekistonga info-turlar tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, shu bilan birga, ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida «B2B» formatida biznes uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Malayziyaning «Utasan Malaysia» va «New Sarawak Tribune» gazetalari sahifalarida o‘tkazilgan mazkur muzokaralar tafsilotlariga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston – Afg‘oniston: Madaniy-guman...

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasida “O‘zbek tili do‘stlari” klubining faol aʼzolari is...

OIIB Prezidenti: O‘zbekiston bilan hamko...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki...

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan on...

Tadbir davomida bu kabi onlayn-muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishga kelishib o...

So`nggi yangiliklar