Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Mamlakatimiz suv xo‘jaligi jabhasida Yaponiya kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikni ko‘zda tutadigan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi


TOKIO, 16-sentabr. /“Dunyo”/. Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarovning «Pacific Consultants Co., Ltd.» yapon kompaniyasi xalqaro masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Seidji Naito bilan videokonferensiya aloqasi vositasidagi muloqoti tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu onlayn tadbir chog‘ida so‘nggi yillar davomida mamlakatimizda suv xo‘jaligi jabhasida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarga urg‘u berilgan  O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining hamda «Pacific Consultants Co., Ltd.» kopaniyasining taqdimotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston tomoni raqamli texnologiyalar asosida suv xo‘jaligi obyektlari (suv omborlari) boshqarilishini avtomatlashtirish, suv inshootlari drenaj tizimlarini modernizatsiyalash, favqulodda vaziyatlarda oldindan ogohlantirish tizimini qo‘llash va boshqa yo‘nalishlarda Yaponiya tajribasini o‘rganishdan manfaatdorlik bildirdi.

Yapon tomoni yuqorida qayd etilgan sohalarda o‘zbekistonlik hamkasblar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qilgani barobarida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida xuddi ana shunday loyihalar bo‘yicha «Pacific Consultants Co., Ltd.» kopaniyasining ish tajribasini o‘rtoqlashdi.

Onlayn-muloqot yakunlari bo‘yicha yapon kompaniyasi bilan uch yil davomida hamkorlikning “Yo‘l xaritasi”ni ishab chiqishga kelishib olindi. Unda muntazam ekspert maslahatlashuvlarini o‘tkazish, ikki mamlakat mutaxassislarining O‘zbekiston va Yaponiyaga safarlarini tashkil etish, birgalikda amalga oshirish uchun takliflar loyihalarini tayyorlash singari va boshqa qator aniq tadbirlar o‘z ifodasini topadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik ma’ruzachilar savollarga ...

Tadbir doirasida O‘zbekiston, Bolgariya, Qozog‘iston, Ruminiya, Sloveniya, Ukraina va Xorv...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sar...

Pokistonning “Yousuf Dewan Companies” ko...

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati “Yousuf Dewan Companies” kompaniyasi prezid...

So`nggi yangiliklar