Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   TIV yangiliklari

«Markaziy Osiyo — Xitoy» ikkinchi vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi


TOSHKЕNT, 13 aprel. /«Dunyo» AA/.  Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov  Xitoyning Shensi provinsiyasida may oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo — Xitoy» ikkinchi  vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan vazirliklararo majlisda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 Xitoy tomoni raisligida o‘tkazilgan majlisda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston  tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari qatnashdi.

 Onlayn-muloqotda yaqinda bo‘lib o‘tadigan vazirlar uchrashuvining kun tartibi, dasturi va yakuniy hujjatlari loyihalari, anjumanning tashkiliy-protokol va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

«Markaziy Osiyo — Xitoy» birinchi vazirlar uchrashuvi  o‘tgan yil 16 iyul kuni  onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov  boshchiligidagi  delegatsiya  ishtirok etgan.

Mavzuga oid

O‘zbek diplomatlari Ohangaron shahridagi...

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xodimlari Ohangaron shahridagi qator mahallalar...

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Fra...

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonda ...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida «O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyo...

So`nggi yangiliklar