Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarining o‘rinbosarlari Dushanbe shahrida mintaqadagi mavjud tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi


TOSHKЕNT, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Dushanbe shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchilik qildi.

Tadbir ishtirokchilari mintaqadagi mavjud tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni, MOPDMM bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, yetakchi yoshlar bilan muloqot uchun yo‘lga qo‘yilayotgan imkoniyatlarni muhokama qildi. 

“BMTning Markaziy Osiyodagi global terrorizmga qarshi strategiyasi doirasida Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish yo‘lida” qo‘shma loyihasining uchinchi bosqichi yakunlari ko‘rib chiqildi. Loyihaning to‘rtinchi bosqichi asosiy yo‘nalishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"Yashil" kun tartibini ilgari surish, ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Shveysa...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Shveysariyaning mamlakatimizda yangi tayinla...

Bugun O‘zbekistonga Xitoydan COVID-19ga ...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida «Ish sharotida sog‘lom turmush tarzi, O‘zbekistonda korona...

O‘zbekiston Notarial palatasining Xalqar...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Xalqaro notariuslar ittifoqi Xalqaro notarial ...

So`nggi yangiliklar