Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Jamiyat

Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun mintaqaviy dastur doirasida kichik grantlar taqdim etildi


TOSHKENT, 5-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun «Dunyo yog‘dusi» tashabbusi mintaqaviy dasturining VI tarkibiy qismi doirasida mintaqada fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun kichik grantlar musobaqasi yakunining onlayn-taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova ishtirok etdi.

Ushbu dastur gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgani qayd etildi.

Maʼlumki, O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qayd etilganidek, Dastur doirasida ushbu yo‘nalishda milliy qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish metodologiyasi ishlab chiqiladi, zo‘ravonlikning barcha shakllarini taʼqiqlash, ulardan himoya qilish va qarshi chora ko‘rishni tartibga soluvchi milliy qonunchilikka doir masalalar o‘z aksini topadi.

Bu yo‘nalishda nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining o‘rni katta.

Tadbirda Dastur doirasida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblariga kichik grantlar berildi.

Shuningdek, kichik grantlar g‘olibi bo‘lgan mintaqada faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari tomonidan bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqida taqdimotlari tinglandi.

Ular ushbu grant mablag‘lari hisobidan tazyiq va zo‘ravonlik darajasini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishadi.

Mavzuga oid

"Tashkent Law Spring" II xalqaro yuridik...

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Tashkent Law Spring" II...

Talabalarga biznes rejalarini amalga osh...

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida «Young Entrepreneurs Generator» («YE Gene...

O‘zbekiston va Shveysariya olimlari O‘zb...

Shveysariyaning MDH mintaqasi-2020 mamlakatlari bilan grantlar uchun «Call for Seed Fundin...

So`nggi yangiliklar