Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

«Masche» jurnali: O‘zbekiston jahonning eng yirik to‘qimachilik markazlaridan biriga aylanadi

BЕRLIN,1-yanvar. /«Dunyo» AA/. Germaniya trikotaj va kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (Gesamtverband der deutschen Maschen-Industrie – Gesamtmasche e.V.)ning «Masche» ixtisoslashtirilgan iqtisodiy jurnalida «O‘zbekiston bilan to‘qimachilik alyansi» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Materialda O‘zbekiston kelajakning eng yirik to‘qimachilik markazlaridan biridir, deb ta’kidlangan. Germaniya to‘qimachilik sanoati biznes yuritishning ushbu imkoniyatidan samarali foydalanishi uchun «Gesamtmasche» «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Maqolada Markaziy Osiyo bo‘yicha germaniyalik ekspert Uve Shtrobaxning quyidagi so‘zlari keltirilgan: «Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston 2017 yildan beri keng ko‘lamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Mamlakat qator tarmoqlarda xalqaro miqyosdagi markazga aylanmoqda. To‘qimachilik va kiyim-kechak sohalari ishlab chiqarish sanoatining eng yetakchilari qatoridan joy olgan».

«Gesamtmasche» kompaniyasi prezidenti Martin Bandte mamlakatimizning ushbu sohadagi yuksak salohiyatini e’tirof etgan: «Ta’minot zanjirlari buzilgan, tovarlar narxi o‘sib borayotgan, barqaror rivojlanish uchun ehtiyoj har doimgidan ham yuqori bo‘lgan bir davrda faoliyatni qayta ko‘rib chiqish fursati keldi. Bu jarayonda O‘zbekiston yaqin istiqbolda biz uchun muhim rol o‘ynashi mumkin».

Nashrda qayd etilishicha, «Gesamtmasche» prezidenti bir guruh  nemis tadbirkorlari delegatsiyasi bilan 2021 yil noyabr oyida O‘zbekistonda amaliy safar bilan bo‘lib, Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysida o‘ndan ortiq korxona faoliyati, ip-kalavadan tayyor mahsulot tayyorlashgacha bo‘lgan jarayon bilan tanishdi. «Biz eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani, o‘zbek tadbirkorlarining optimizm ruhi kuchliligi, shuningdek, O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurash keskin tus olganiga guvoh bo‘ldik», - deya qayd etgan Martin Bandte.

Germaniya trikotaj va kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi prezidenti Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonga «GSP+» benefitsiari maqomining berilishini mamlakat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ishbilarmonlik muhiti, adliya tizimi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ma’muriy javobgarlik va samaradorlikni oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar e’tirofi bo‘lganini ta’kidlagan.

Mavzuga oid

«Natural Gas World»: O‘zbekiston energet...

«Natural Gas World» ixtisoslashgan xalqaro onlayn-nashrida O‘zbekiston energetika vazirlig...

Farg‘onada Janubiy Koreya sarmoyasi asos...

O‘zbekistonda amaliy safar bilan bo‘lib turgan Koreya-O‘zbekiston Biznes assotsiatsiyasi r...

Fransiyadan munosabat: O‘zbek madaniyati...

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan Fransiya mad...

So`nggi yangiliklar