Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Masqat shahrida O‘mon savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 


MASQAT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Masqatdagi elchixonasi tomonidan O‘mon Sultonligi Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori Al-Fazal al-Hinaiy bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yurtimizda joriy etilgan qulayliklar, xorijiy hamkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Al-Hinaiy so‘nggi yillarda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami bosqichma-bosqich kengayib borayotganini taʼkidlar ekan, bu boradagi aloqalar ko‘lamlarini yana-da kengaytirish uchun har ikki davlat yetarli darajadagi salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Suhbatdosh mamlakatimizning keng iqtisodiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘mon ishbilarmon doiralari vakillari etiborini O‘zbekistonga qaratish borasida har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Al-Hinaiy, shuningdek, O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi bilan hamkorlik o‘rnatish va mamlakatimiz savdo maydonchasini ochish nafaqat O‘mon bilan, balki qo‘shni Fors ko‘rfazi va G‘arbiy Afrika davlatlari bilan ham savdo-sotiq munosabatlarini kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Hamkorlikning dastlabki qadami sifatida ikki mamlakat mutaxassislari ishtirokida onlayn muloqot o‘tkazish hamda O‘monda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyada London fond birjasi bi...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi London fond birjasining birlamchi bozorlar...

Polshalik sarmoyadorlar Qashqadaryo vilo...

Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi ko‘magida Qashqadaryo viloyati hokimligi mutasaddi...

ITSV: 8 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekist...

Avstriya hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomi...

So`nggi yangiliklar