Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2020   Siyosat

MDH gumanitar hamkorlik rejasi loyihasidan "Sog‘liqni saqlash" bo‘limi olib tashlandi


TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Minsk shahrida MDH ga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini kelishib olish uchun ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.

Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, shuningdek, MDH Parlamentlararo hamkorlik kengashi kotibiyati, Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi hamda "Mir" teleradiokompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda reja loyihasiga kiritilgan takliflar ko‘rib chiqildi va yakuniy hujjat bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, hujjatdagi "Sog‘liqni saqlash" bo‘limi chiqarib tashlandi va unda ko‘rsatilgan vazifalar "Umumiy gumanitar xarakterdagi tadbirlar" bo‘limiga kiritildi.

Ekspertlar 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik rejasini MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida muhokama qilish uchun belgilangan tartibda taqdim etishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat Hamdo‘stlik mamlakatlari gumanitar hamkorlik kengashi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan amaldagi rejaning mantiqiy davomidir.

Reja 8 qismdan iborat bo‘lib, ular umumiy gumanitar xarakterdagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Xalqaro kitob san’ati tanlovi, MDH tashkil topganining 30-yilligiga bag‘ishlab Buyuk Vatan urushi, XVI-XVII ijodiy va ilmiy ziyolilar forumlari, Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlari davlatlararo dasturi, "Hamdo‘stlik yulduzlari" va "Debatlar hamdo‘stligi" mukofotlarini topshirishdir.

Undan tashqari rejada madaniyat, ta’lim, fan, kitob nashrlari va poligrafiya, sport va turizm, yoshlar hamkorligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar bilan bog‘liq tadbirlar qamrab olingan.

Reja loyihasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi keyingi ikki yil davomida MDH ga a’zo davlatlarning gumanitar sohada hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
 

Mavzuga oid

Texnoparklar qurish loyihalarining ijros...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buni...

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi Oza...

Dominika O‘zbekiston diplomatik munosaba...

Kecha Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘...

So`nggi yangiliklar