Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Siyosat

MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bishkekda bo‘lib o‘tadi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. MDH davlatlarining Hamdo‘stlik ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakillari kengashi kecha 12 noyabr kuni Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bishkekka bo‘lib qaytgan Ijroiya qo‘mita delegatsiyasi mezbon davlatning MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga har tomonlama tayyorligini ma’lum qildi. Qirg‘iziston vakillari bilan imzolangan protokolda tashkiliy va protokol masalalarini hal qilish tartibi, epidemiologik xavfsizlik rejimini ta’minlash choralari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining 15 oktabr kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 10 ta hujjat imzolangan edi. 2022 yil Hamdo‘stlikka raislik Qozog‘istonga berilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjond...

U shu kunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg...

O‘zbekiston Prezidenti: Xorazmning marra...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xorazm viloyati faollari bilan o‘tgan yig‘...

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari O‘zbekis...

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev 25 sentyabr kuni BMT Bosh kotibining...

So`nggi yangiliklar