Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyul/2020   Siyosat

MDH Iqtisodiy kengashi qoshidagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyasi majlisida 21 ta qaror qabul qilindi


MOSKVA, 23 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston raisligida chorshanba kuni Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashi qoshidagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirda MDH ishtirokchi mamlakatlarining vakolatli vakillari hamda tegishli diplomatik missiyalar va MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq 21 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Majlis doirasida «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi amalga oshirilishining asosiy yakunlari to‘g‘risida va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025 yillar) amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi loyihasi to‘g‘risida», «MDH ishtirokchi mamlakatlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturi loyihasi to‘g‘risida», «MDH ishtirokchi mamlakatlarining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasidagi axborot hamkorligi haqidagi bitim loyihasi to‘g‘risida»gi dasturiy hujjatlar muhokama qilindi va tasdiqlandi.

MDH ishtirokchi mamlakatlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi Hamkorlik dasturi va uning birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (2021-2025 yillar) loyihalari hamda boshqa qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Komissiya tomonidan tasdiqlangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Iqtisodiy kengash va MDH Hukumat rahbarlari kengashiga yuboriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov «Markaziy O...

Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul konferensi...

Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga bag‘ishlangan Istanbul konferensiyasi boshqa muddatga qo...

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ish...

Joriy yil 1-2-aprel kunlari Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar ...

So`nggi yangiliklar