Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Saylov - 2021

MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Toshkentga keldi


 TOSHKENT, 20 oktyabr. /«Dunyo AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilayotgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bugun Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Sentyabr oyi oxirida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchiligidagi MDH missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari delegatsiyasi Toshkentga kelib, MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha missiya shtabini tashkil etgan edi.

MDH kuzatuvchilar missiyasining O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasini monitoring qilish  bo‘yicha 18 oktyabr kuni eʼlon qilingan muvaqqat hisobotiga ko‘ra, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston vakillaridan iborat MDH kuzatuvchilari, MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi, Belarus va Rossiya ittifoqi Parlament majlisi, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasidan 162 nafar kuzatuvchi akkreditatsiya uchun taqdim etildi.

“Hamdo‘stlik kuzatuvchilari saylov kampaniyasining borishini Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan muhokama qildi, - deyiladi muvaqqat hisobotda. - Prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan barcha besh siyosiy partiyaning saylov shtablarida uchrashuvlar o‘tkazildi”.

Missiya aʼzolari uzoq muddatli kuzatuv davomida Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.

“Missiya fikriga ko‘ra, saylov kampaniyasi tinch va osoyishta sharoitda, ochiq raqobat ruhida va yuqori tashkiliy darajada o‘tmoqda, - deyiladi hujjatda. - Missiya saylov o‘tkazilgach, yakuniy xulosa va baholarni maʼlum qiladi”.

Anvar Ilyosov (“Dunyo” AA) olgan surat.

Mavzuga oid

Turkiyada «Yangilanayotgan O‘zbekiston –...

Mamlakatimiz elchixonasida «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha saylovlar» mavzusida d...

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari ovoz be...

14-Toshkent shahar saylov okrugiga qarashli Pekindagi 48-saylov uchastkasida O‘zbekiston P...

Germaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Che...

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga puxta tayyorg...

So`nggi yangiliklar