Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Sentabr/2020   Sport

MDH mamlakatlari o‘yinlari 2021 yilga qoldirildi


TOShKENT, 7-sentabr. /«Dunyo» AA/. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining Birinchi o‘yinlari 2021 yilga qoldirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Musobaqa mezboni o‘zgarmagan – Qozon shahri. Bu haqida Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov bayonot berdi.

Mazkur o‘yinlar dastavval 2020-yil 20-27-avgust kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sababli u sentyabr, keyin esa oktyabr oyiga ko‘chirilgan edi. Endilikda MDH o‘yinlari 2021-yilning yozida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ushbu o‘yinlarda 14-23 yoshli atletlar sportning 22 turi bo‘yicha 280 ta medallar shodasi uchun bellashishlari belgilab qo‘yilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqani o‘tkazish haqidagi qaror 2019-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari Hukumatlari kengashida qabul qilingan.
 

Mavzuga oid

«Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasidagi ...

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur doirasi...

Samarqand shahrida 30 oktyabr - 1 noyabr...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmn...

O‘zbekistonda hududiy futbol assotsiatsi...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyat...

So`nggi yangiliklar