Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Mehnat migrantlarining O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etishi bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilmoqda


SANKT-PETERBURG, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish va samarali tashkillashtirish maqsadida Sankt-Peterburg shahridagi «BFA Development», «Stroy servis», “RosStroyInvest”, “Baltrans” va «Nyu Taym» qurilish shirkatlarida hamda “Roskar” parandachilik fabrikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan yurtdoshlarimiz bilan  uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu korxonalarda ayni paytda 700 nafarga yaqin vatandoshimiz vaqtincha ish bilan taʼminlangan.

Uchrashuvlarda fuqarolarimizga Sankt-Peterburg shahridagi  Bosh konsulxona faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berildi. Joriy yil oktyabr oyida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida Bosh konsulxonada tashkil etilgan saylov uchastkasi va unda ovoz berishi tartibi tushuntirildi.

Korxonalar rahbariyati bilan bu yerda vaqtincha mehnat faoliyatini amalgan oshirayotgan fuqarolarga Prezident saylovida ovoz berishda qulaylik yaratish maqsadida  mazkur tashkilotlar hududida muddatidan avval ovoz berish uchun saylov uchastkalarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.  

Tadbirda yurtdoshlarimiz mezbon davlatning qonun-qoidalari va koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy qilingan tartibga qatʼiy rioya etishga chaqirildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar saylovda...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadiga...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar bu...

Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazi...

Rasman beshta siyosiy partiyaga O‘zbekis...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar