Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Jamiyat

Mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi mustahkamlanmoqda


SEUL, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vaziri An Kyun Dok bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasiga maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini Janubiy Koreyaga yuborish sohasidagi hamkorlikning bugungi holati yuzasidan fikr almashish barobarida ushbu hamkorlikni yana-da mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olgan.

Xususan, “SOVID-19” pandemiyasi davrida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini E-9 vizasi bilan Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish jarayonini qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston fuqarolarini sanoat tarmoqlarida ish bilan taʼminlashni kengaytirish, Anglashuv memorandumiga muvofiq Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida ishchi kuchini Janubiy Koreyaga yuborish, xususan, oziq-ovqat sanoati va payvandlash sohalarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ham fikr almashilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jo‘natishni qayta tiklash maqsadida E-9 vizasi bilan Janubiy Koreyaga jo‘nab ketayotgan ishchilarni tashkillashtirilgan holda testdan o‘tkazish va ularning o‘zini-o‘zi yakkalashini taʼminlashni tashkil qilish taklif etildi. Ushbu jarayonga Janubiy koreyalik mutaxassislarni ham jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Janubiy Koreya tomoni yaqin vaqt ichida o‘zbekistonliklarni Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha mamlakatga kirishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Bandlik va mehnat vaziri An Kyun Dok, shuningdek, Janubiy Koreya mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun mehnat faoliyati sohalarini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyorligini maʼlum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yer silkinishi kuzatildi...

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 08:10 da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinis...

O‘zbekistonda 4 nafar va undan ortiq 18 ...

Prezident Shakat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgar...

Turkiyalik investorlar Uchqo‘rg‘onda 750...

Namangan viloyati hokimligida Turkiyaning «Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş» kompaniyasi rahba...

So`nggi yangiliklar