Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Yanvar/2021   Jamiyat

“Mehr-3” operatsiyasi doirasida Suriyadan qaytarilgan yurtdoshlarimiz o‘z oilalari bag‘riga kuzatilyapti


TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston hukumati tomonidan “Mehr-3” operatsiyasi doirasida insonparvarlik loyihasi amalga oshirilib, diniy ekstremistik g‘oyalarga ishonib to‘g‘ri yo‘lidan adashgan yurtdoshlarimiz Suriya davlatidan Vatanga olib kelindi. Ayni paytda Suriya davlatidan mamlakatimizga qaytarilganlar o‘z oilari bag‘riga qaytarilmoqda. Ana shunday o‘z yo‘lidan adashgan yurtdoshlarimizdan biri sirdaryolik Yulduz Usmanova ham kuni kecha ota uyiga kuzatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA manbasiga tayanib.

1990 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Yulduz Usmanova 2011 yil tumush o‘rtog‘i ortida Rossiyaga ishlash uchun jo‘nab ketadi. U yerda xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolib, 2012 yilning sentyabr oyida 3 nafar farzandi bilan boshqa davlatlar orqali Suriyaga jo‘natiladi.

Suriyaning Shadodiy aholi punktida yashab yurgan paytida unga turmush o‘rtog‘i qurolli to‘qnashuvda o‘lganini aytishadi. 

«Islom davlati» xalqaro terroristik tashkiloti jangarisi, asli o‘zbekistonlik boshqa bir davlat xoini bo‘lgan shaxsga turmushga chiqadi. 2015  va 2016 yillarda yana 2 nafar farzandi dunyoga keladi. 2020 yilning mart oyida u sharʼiy nikohida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ham harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘ladi. 

Turli yot g‘oyalarga uchib, hayotning notekis yo‘llarida adashib, o‘zga yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolgan 98 nafar yurtdoshimiz qatorida Yulduz Usmonova ham voyaga yetmagan 5 nafar farzandi bilan 2020 yilning 8 dekabr kuni Suriya davlatidan yurtimizga olib kelindi. 

 Suriyadan keltirilganlarning barchasi, hamma qulayliklarga ega Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sog‘lomlashtirish muassassasida belgilangan muddat davomida davolanib, tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi va sog‘liqlari tiklandi. Davlatimiz tomonidan ularning hujjatlari rasmiylashtirilib, qayta tiklab berildi va o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi. 

Yulduz Usmonova ham o‘zining 5 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning 11 yanvarida Guliston shahridagi Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyiga olib kelindi. 

Yulduzni ota-onasi, yaqin qarindosh-urug‘lari va mahalladoshlari samimiy qalb, yorug‘ chehra bilan kutib oldilar. 

– Kurrai zaminimizning qayeridadir, mana shunday kechirimli O‘zbekistondek yurt va uning mehri daryo Prezidenti inson borligiga ishonish qiyin, – deydi Yulduzning onasi Raʼno opa Usmonova. – Suriyaga adashib borganlar faqat o‘zbeklarmi? O‘zbekistondan va uning Prezidentidan boshqa birorta davlat fuqarolarini olib kelayotganini televizorda ko‘rmayapmiz, matbuotda o‘qimayapmizku? 

Pandemiya sabab butun jahon mamlakatlari iqtisodiy qiyinchilikka uchrab turgan bir paytda, urushning o‘chog‘idan, ular mamlakatimizni tashlab ketgan demay, millionlab dollar xarajat qilib, farzandlarimizni bag‘rimizga qaytarishdi. Ana shu ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan davlatimiz rahbariga behisob rahmatlar bo‘lsin. Xalqimizni, yurtimizni baxtiga Prezidentimizning aziz boshlari hamisha omon bo‘lsin. Alloh u kishini va butun O‘zbekistonimizni hamisha o‘z panohida asrasin. 

Mahalliy hokimlik tomonidan, Yulduz Usmonovaga barcha zarur uy-ro‘zg‘or buyumlari, 11 turdagi kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, farzadlari uchun zarur o‘quv qurollari, darsliklar, kiyim-kechaklar inom etildi. 

Mavzuga oid

Buxorodagi Shuxov minorasi haqida eshitg...

Buxoro shahrida temir konstruksiyadan ishlangan baland minora bor.

Imom Buxoriy majmuasi qayta rekonstrutsi...

Imom Buxoriy majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar m...

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama...

So`nggi yangiliklar