Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   TIV yangiliklari

Milliy koordinatorlar SHHT Dushanbe sammiti kun tartibi va hujjatlari bo‘yicha kelishib oldi


DUSHANBЕ, 16 sentabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
11-15 sentabr kunlari davomida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston milliy koordinatorlari Dushanbeda SHHT yubiley sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan kun tartibi va hujjatlar loyihasi bo‘yicha kelishib oldi.
Kutilayotganidek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha SHHTga a’zo Davlat rahbarlari kengashi tashkilot raisligining O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vaziri Polshaning yangi ta...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Polsha elchisi etib tayinlangan R...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Buyu...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo...

O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh kon...

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) yangi tayinlangan bosh konsuli Temur Rahm...

So`nggi yangiliklar