Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Jamiyat

Milliy palata «Public Health Leaders» grant dasturi g‘olibini eʼlon qildi


TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi grant dasturining g‘olibi maʼlum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy palata matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, kecha Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida dastur g‘olibi nomini eʼlon qilish marosimi o‘tkazildi. Universitetning yangi ochilgan «Jamoat salomatligi» magistratura kursi talabasi Komila Norqulova ana shundaay sharafga munosib ko‘rildi.  

Shuningdek, tadbirda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligi to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

«Public Health Leaders» grant dasturi yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Dastur Milliy palata tomonidan iqtisod fanlari doktori, professor Sanjar Jalolov xotirasiga bag‘ishlangan.

Loyiha jamoat salomatligi maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali kasalliklarning oldini olish, inson umrini uzaytirish va sog‘lig‘ini mustahkamlashning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish masalalariga yo‘naltirilgan. 

TXVUning yangi magistratura kurslari talabalari uchun  o‘qish 25 yanvardan boshlandi.

Magistraturadagi o‘qishni tugatgach, bitiruvchilarga «Jamoat salomatligi» sohasidagi tabiiy fanlar magistrining ilmiy darajasi beriladi. Ular jamoat salomatligi sektorida mutaxassis, davolovchi xodim, o‘quv muassasalari o‘qituvchisi, menejer bo‘lib ishlashi mumkin.

Ilk “qaldirg‘och” — Komila Narkulova 27 yoshda. U COVID-19 qarshi kurashdagi faol ishtiroki uchun «Mehr saxovat» nishoni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid

RusEN veb-sahifasi: O‘zbekistonda kasa...

Turkiyaning Rossiya va MDHni o‘rganish instituti (RusEN) rasmiy veb-saytida yangi O‘zbekis...

O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro huquq ...

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi mamlakatimiz del...

O‘zbekiston – islom dunyosida terrorizm,...

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda ilgari surilayotgan xalqaro v...

So`nggi yangiliklar